Uch hududda 746 million soʻmlik “zangori yoqilgʻi” va “svet” talon-toroj qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “M.S.” fermer xoʻjaligi ish boshqaruvchisi fuqaro A.N. va boshqalar tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga suv nasoslarini yashirincha ulab, jami 452,1 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Oltinkoʻl tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “A.S.” xususiy korxonasi rahbari fuqaro J.N. “Ittifoq-Gulbogʻ” MFY hududidagi noturar binoda tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 163,1 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻlgan.
Bundan tashqari, departamentning Chortoq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.A. noturar-joy binosida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga suv nasosi va boshqa elektr jihozlarini hisoblagichdan tashqari ulab, 130,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring