Uch Federatsiyaning yil sarhisobi
Oʻtib borayotgan yil nihoyasiga yetib borar ekan, turli yoʻnalishlarda yil sarhisobi oʻtkazilmoqda. Anʼanaga muvofiq, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo federatsiyalari bu yil ham birgalikda yil yakunlarini tashkil qildi.
Tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosarlari Azizjon Komilov va Sherzod Toshmatov, ushbu 3 federatsiyalarning raisi Bahromjon Gaziyev va koʻplab soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Qayd etish joiz, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi “Milliy sport mukofoti-2022” taqdirlash marosimida “Sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha eng yaxshi tashkilotchi” nominatsiyada gʻalaba qozongan edi.
Mutasaddilar tadbirda federatsiya tomonidan joriy yil konkur boʻyicha Jahon kubogi saralash bosqichidan oʻrin olgan Yevrosiyo ligasi “Millatlar kubogi” musobaqasining yuqori saviyada oʻtkazilgani, chavandozlarimizning yil davomida koʻplab nufuzli musobaqalarda katta natijalar qayd etishganini alohida taʼkidlashdi.
Tadbirning asosiy qismida oʻz yoʻnalishida eng yaxshilar taqdirlashdi. Jumladan, Nurjan Tuyakbayev “Yilning eng yaxshi chavandozi”, Yelena Medvedeva esa “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb tan olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring