“Ucell” ommaviy oferta shartlariga oʻzgartirish kiritishiga toʻgʻri keldi
Raqobat qoʻmitasiga fuqarodan kelib tushgan murojaat asosida “Ucell” kompaniyasining ommaviy ofertasidagi ayrim shartlar qonunchilikka muvofiqlashtirildi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati maʼlum qildi.
Unga koʻra, kompaniyaning “Prepaid” tizimidagi uyali aloqa xizmatlarini taqdim etishga doir ommaviy ofertasida, tomonlar faqat toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazilgan zararlar uchungina javobgar hisoblanishi, shu jumladan maʼnaviy zarar va boy berilgan daromad uchun javobgarlik belgilanmagani aniqlandi.
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq xizmat lozim darajada koʻrsatilmagan hollarda moddiy va maʼnaviy zarar qoplanishi shart, isteʼmolchi huquqlarini cheklovchi shartlar mavjud shartnomalar esa haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Qoʻmita tomonidan “Ucell”ga ommaviy ofertani qonunchilikka muvofiq qayta koʻrib chiqish boʻyicha koʻrsatma berildi. Natijada, kompaniya shartlarga moddiy va maʼnaviy zarar uchun ham javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, kompaniya yanvar oyida ham reklama qonunchiligini buzgani uchun jarimaga tortilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring