U-20 Osiyo chempionati saralashi: Oʻzbekiston “G” guruhiga mezbonlik qiladi

2026-yilning 1–18-aprel kunlari 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqaga Tailand mezbonlik qiladi.
Turnir alohida ahamiyatga ega, chunki u 2026-yil sentyabr oyida Polshada oʻtadigan U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun saralash vazifasini oʻtaydi.
Oʻzbekiston “G” guruhiga mezbonlik qiladi
6–10-avgust kunlari Osiyoning turli hududlarida saralash bahslari oʻtkaziladi. Oʻzbekiston “G” guruhiga mezbonlik qiladi. Guruhda quyidagi jamoalar ishtirok etadi:
— Oʻzbekiston (bosh murabbiy: Vladimir Panov)
— Bahrayn
— Iordaniya
— Shimoliy Mariana orollari
Musobaqa oldidan matbuot anjumani oʻtkazildi
Bugun Toshkentda musobaqa oldidan rasmiy matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda quyidagi bosh murabbiylar ishtirok etdi:
Vladimir Panov — Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi
Xolid Muhammad Xarban — Bahrayn U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi
Husayn Muhammad Abu Rayyash — Iordaniya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi
Tang Chi Ming — Shimoliy Marianna orollari U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi
Vladimir Panov, Oʻzbekiston terma jamoasi ustozi:
“Avvalambor barchaga xayrli kun. Bu yerda turish biz uchun sharaf. Har bir raqibni hurmat qilamiz. Guruhda oʻtadigan barcha oʻyin ahamiyatli. Ramila Yusupovani jarohati borligini hisobga olmasak, jamoamiz musobaqaga tayyor”
Bahrayn murabbiyi Xalid Muhammad Xarban esa mamlakatdagi futbol infratuzilmasi boʻyicha quyidagicha fikr bildirdi:
“Toʻgʻri aytasiz. Bizda bu borada muammo bor. Muammo boʻlganda ham yechimi koʻrinmayotgan muammo. Gap shundaki, bizda tanlov imkoniyati keng emas. Raqobat muhiti shakllanmagan. Raqobat yoʻq joyda oʻsish ham boʻlmaydi. Bu narsa shu bilan bogʻliq. Musobaqaga yetarlicha tayyorgarlik koʻrdik. Ertangi oʻyinga tayyormiz”
Iordaniya murabbiyi Husayn Muhammad esa “Iordaniya terma jamoasi xorijda oʻynayotgan futbolchilarini musobaqaga olib kelganmi?” degan savolga shunday javob berdi:
“Yoʻq, siz aytayotgan futbolchilar turnirga kelishmadi. Sababi — Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli ularni mashgʻulotlarga jalb eta olmadim. Lekin hozirgi jamoa ham yomon holatda emas”
Musobaqa taqvimi
6-avgust
Iordaniya – Shimoliy Mariana orollari
Oʻzbekiston – Bahrayn
8-avgust
Bahrayn – Iordaniya
Oʻzbekiston – Shimoliy Mariana orollari
10-avgust
Shimoliy Mariana orollari – Bahrayn
Oʻzbekiston – Iordaniya
Turnir reglamenti
Saralash bosqichi jami 8 ta guruhda oʻtkaziladi. Har bir guruhda 1-oʻrinni egallagan jamoalar (8 ta) Osiyo chempionatining final bosqichiga yoʻl oladi.
Shuningdek, eng yaxshi koʻrsatkichga ega 3 ta ikkinchi oʻrin egasiga ham qoʻshimcha yoʻllanma beriladi. Bu 11 ta jamoaga mezbon Tailand terma jamoasi qoʻshilib, jami 12 ta jamoa final bosqichida ishtirok etadi.
Qizlarimizga omad tilaymiz! Ular nafaqat Osiyo chempionati, balki Jahon chempionati yoʻllanmasi uchun ham maydonga tushadi. Ustoz Vladimir Panov boshchiligidagi terma jamoamizdan yuksak natijalar kutib qolamiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring