U-17 Jahon chempionati 1-tur oʻyinlarini boshqaruvchi hakamlar eʼlon qilindi
U-17 Jahon chempionatida 1-tur oʻyinlarini olib boradigan hakamlar nomi maʼlum boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi oʻzining rasmiy sahifasida xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, turnirning ilk kunidagi eng markaziy bahslardan biri — Argentina U-17 va Belgiya U-17 terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvni oʻzbekistonlik hakamlar boshqaradi.
Uchrashuvga FIFA hakami Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida tayinlandi. Unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Akmal Gʻiyosov yordam koʻrsatadi.
Eslatib oʻtamiz, 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionati 3-noyabr kuni start oladi. Argentina – Belgiya uchrashuvi shu kuni Toshkent vaqti bilan 19:45 da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring