“Tuyaboʻgʻiz” kichik gidroelektr stansiyasi foydalanishga topshirildi
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Said RAHMONOV, “Xalq soʻzi online”. Oxirgi oʻn yilda mamlakatimiz aholisining elektr energiyasiga boʻlgan talabi qariyb oʻn barobar oshdi. Biroq mavjud quvvatlarning texnik jihatdan eskirgani, xususan, suv-energetika resurslaridan samarali foydalanilmagani oqibatida elektr tokiga ortib borayotgan ehtiyojni uzluksiz taʼminlashda muammolar yuzaga kelayotgan edi.
Ana shunday murakkab bir paytda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Oʻzbekgidroenergo” AJ tashkil etilib, uning zimmasiga 2017-2021 yillar ichida 42 yangi GES bunyod etish, mavjudlarini modernizatsiya qilish vazifasi yuklatildi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad 2025 yilgacha ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 1,7 barobarga oshirib, aholi va tadbirkorlik subyektlari arzon va uzluksiz elektr yetkazib berishdir.

Tuyaboʻgʻiz suv ombori qoshidagi ushbu kichik GES bu borada roʻyobga chiqarilgan dastlabki loyihadir. Qolaversa, u mustaqil Oʻzbekiston tarixida foydalanishga topshirilgan birinchi GES ekanligi bilan alohida ahamiyatga ega.
GES loyihaviy qiymati 15,8 million dollarga teng boʻlib, shundan 8,1 million dollari XXR “Eksimbank”i tomonidan moliyalashtirildi, - deydi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan energetik Akrom Irgashev. - Tuyaboʻgʻiz suv ombori qoshidagi ushbu kichik GES oʻn toʻrt oy ichida qurib bitkazildi. Ilgari bunday inshoot barpo etish uchun kamida uch yil vaqt sarflanar edi.
Mutaxassislarning aytishicha, GESning umumiy quvvati 11,4 MVtga teng. Bu yiliga oʻrtacha 41,2 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 1 ming 600 ta xonadonning elektr tokiga boʻlgan ehtiyoji toʻliq taʼminlanadi, deganidir.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring