Turkiyalik mutaxassislar Buxoroda ogʻir kasalligi bor bolalarni bepul davolashni boshladi
Buxoro viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida kechiktirib boʻlmaydigan ogʻir kasalliklarni oʻz vaqtida davolash niyatida turkiyalik shifokorlar tomonidan murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilmoqda. Bu savob ish ogʻir vaziyatga tushgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni aniqlash, ularga manzilli yordam koʻrsatishdek xayrli maqsadni oʻz oldiga qoʻygan Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan amalga oshirilyapti.
— Joriy yilning sentyabr oyida “Sogʻlom kelajak” aksiyasi doirasida bir guruh turk shifokorlari Buxoroga kelib, 300 nafardan ziyod oʻgʻil-qizni tibbiy koʻrikdan oʻtkazgan edi, — deydi markaz bosh shifokori oʻrinbosari Mansur Ochilov. — Shu jarayonda 35 nafar bolada yuqori texnologiyaga asoslangan jarrohlik amaliyotini bajarish zarurligi maʼlum boʻldi. Ayni kunlarda turkiyalik mutaxassislar markazimiz shifokorlari bilan hamkorlikda shu bolalarning tuzalib, ota-onalari bagʻriga qaytishi uchun bor mahoratlarini ishga solishyapti.
Ushbu jarrohlik amaliyotlari asosan tibbiyotning ortopediya, umumiy xirurgiya, yuz-jagʻ va plastik xirurgiya kabi yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlib, ular bepul bajarilmoqda. Bunday hamkorlik mahalliy shifokorlarning kasbiy malakasini oshirishda ham qoʻl kelmoqda.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring