Turkiyaga ishlash maqsadida borgan oʻzbekistonlik ayol odam savdosi qurboni boʻldi (+video)
Turkiyaga ishlash maqsadida borgan oʻzbekistonlik ayolni N.A. ismli shaxs mahalliy jinoiy guruhlarga sotib yubormoqchi boʻldi. Bu haqida Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, 2025-yilning 14-aprel kuni Oʻzbekiston fuqarosi internet orqali N.A. ismli ayol bilan aloqa oʻrnatib, uning taklifi bilan Turkiyada ish topish umidida Istanbulga yoʻlga chiqqan. Jabrlanuvchiga turk oilasida uy xizmatchisi boʻlib ishlash taklif etilgan.
Oʻzbekistonlik ayol Istanbulga yetib kelgach, N.A. ismli shaxs uni “Shanliurfa” shahriga olib borib, u yerda mahalliy jinoiy guruhlarga nomaqbul maqsadlarda sotishga uringan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh konsulxonaga ijtimoiy tarmoqdagi faol blogerlar tomonidan maʼlumot kelib tushgan. Vakolatxona tomonidan koʻrilgan tezkor choralar natijasida yurtdoshimizning xavfsiz tarzda Istanbulga yetkazilishi va Oʻzbekistonga qaytarilishi taʼminlangan.
«Doimiy ogohlantirishlarga qaramay, ayrim yurtdoshlarimizning begona va ishonchsiz shaxslarning vaʼdalariga ishonib, Turkiyada murakkab va xavfli vaziyatlarga tushib qolishi davom etmoqda.
Yana bir bor yurtdoshlarimizni begona vositachilar orqali chet elga chiqmaslik, har qanday ish taklifini puxta oʻrganish va faqat rasmiy manbalar orqali ish izlashga chaqiramiz», — deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring