Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni toʻqqiz ming nafardan oshdi
Foto: AP
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan zilzila qurbonlari soni 9057 nafarga yetganini maʼlum qildi.
Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 9057 kishiga yetdi, dedi Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Hatay viloyatida qilgan chiqishida.
“Ayni vaqtda qurbonlar soni 9057 nafarni, yaradorlar soni 52979 nafarni tashkil etmoqda”, dedi Turkiya rahbari.
Uning aytishicha, bugun davlat rahbari jabr koʻrgan viloyatlarda 6444 ta bino vayron boʻlganini aytdi.
Avval xabar berganimizdek, 6-fevral kuni erta tongda Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida 7,7 magnitudali zilzila sodir boʻldi.
Erdogʻanning taʼkidlashicha, ushbu yer silkinishini 1939-yildan beri mamlakatda yuz bergan eng kuchlisi boʻlgan. Uning ortidan mamlakatda yana oʻttizga yaqin yer zilzila sodir boʻldi. Xususan, kunning oʻrtasida esa yana 7,6 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan. Turkiyada uch kundan beri silkinishlar davom etmoqda.
Bugun tushdan keyin Rejep Tayyip Erdogʻan zilzila epitsentri Qahramonmarash shahriga yetib keldi. Turkiya rahbari tabiiy ofatdan jabr koʻrgan 10 viloyatda uy-joyidan ayrilgan odamlar uchun hukumat bir yil ichida uy-joy qurishiga vaʼda berdi.
Agar Turkiyaga yordam asta-sekinlik bilan kelayotgan boʻlsa, qoʻshni Suriyada, ayniqsa shimoli-gʻarbdagi zaif hududlarda logistika nuqtayi nazaridan buni amalga oshirish ancha qiyin. Bunga 11 yildan beri davom etayotgan fuqarolar urushi va amaldagi davlat rahbari Bashar Asad hukumatiga qarshi xalqaro sanksiyalar oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring