Turkiyada namoyishlar davom etmoqda
Turkiyada ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Istanbul hokimi Akrom Imomoʻgʻli hibsga olingan edi va 23-martdan lavozimidan chetlashtirildi. Shaharni prezident Rejep Tayyip Erdogʻanning odamlari boshqarmoqda. Imomoʻgʻlining partiyasi uni prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatgan. Millionlab insonlar uni qoʻllab-quvvatlamoqda.
Namoyishlar taqiqlanganiga qaramay, yakshanba kuni kechqurun yuz minglab turklar yana koʻchalarga chiqishgan. Politsiya namoyishchilarga qarshi suv va koʻzdan yosh oqizuvchi gaz ishlatmoqda.
Jurnalist Eren Guverchin “Bild”ga bergan intervyusida Erdogʻan boshqa raqiblaridan ham Imomoʻgʻli kabi qoʻrqishini aytdi.
“Saylovlar 3-yildan keyin oʻtkazilishi kerak. Menimcha, Erdogʻan uzoq kutmaydiganga oʻxshaydi. U bahonalar bilan muddatidan oldin saylov oʻtkazishni reja qilmoqda. Amaldagi qonunlarga koʻra, u 2028-yilda yana prezidentlikka nomzod boʻlishga haqli emas. Endi biz Putin rejimiga oʻxshash diktatura bilan shugʻullanmoqdamiz”, – degan u.
“Erdogʻan endi demokratiyaga taqlid qilishga urinmaydi. Siyosatchilar orasida muxolifatni ham, konservatorlarni ham birlashtira oladigan yagona Imomoʻgʻli yoʻq qilingandan soʻng, Erdogʻan mamlakat ichida haqiqiy siyosiy raqobatga ega boʻlmaydi”. – deb qoʻshimcha qilgan Guverchin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring