Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi
Turkiyaning Izmir shahridagi aeroportda oltin quymalarini noqonuniy olib oʻtishga uringan oʻzbekistonlik ayollar ushlandi. Bu haqda Turkiyaning IHA agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.
Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.
Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani aniqlangan. Jarrohlik yoʻli bilan chiqarib olingan oltin quymalarining umumiy ogʻirligi 9,2 kilogrammni tashkil etgan.
Ulardan olib qoʻyilgan oltin quymalarining jami ogʻirligi 18 kilogramm 500 grammni tashkil etib, qiymati 55 million turk lirasi (1,5 million dollar)ga baholanmoqda. Hozirgi kunda qoʻlga olinganlarning barchasi Izmir sudi tomonidan hibsga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring