«Turkiya jannati» Antaliyada yozgi taʼtilni oʻtkazish uchun 10 ta sabab

Yillar davomida Turkiyaning eng mashhur dam olish maskanlaridan biri boʻlgan Antaliya har xil yoshdagi mahalliy va xorijiy sayyohlarning eʼtiborini tortib keladi.
Turkiyada yozgi taʼtil, deganda aqlga keladigan birinchi yoʻnalishlardan biri boʻlgan ushbu shahar, deyarli har bir sayyohning ideal dam olishini taʼminlaydigan imkoniyatlarni taqdim eta oladi.
Xususan, uning madaniy merosi, ajoyib plyajlari va yuqori xizmat koʻrsatish standartlarini taklif etuvchi mehmonxonalari sayyohlarni doimo oʻziga jalb etib keladi. Yozgi taʼtilni Antaliyada oʻtkazish uchun yuzlab sabablar boʻlishi mumkin. Quyida «Turkiya jannati» nomiga sazovor boʻlgan ushbu kentga safar qilish uchun 10 ta asosiy sababni keltirib oʻtamiz.
Oʻrta yer dengizi va ajoyib plyajlar — Antaliyaning mashhur dam olish shahriga aylanishida dengiz, qum va quyosh uchligi katta rol oʻynaydi. Dengizi akvariumdek jonli Antaliya plyajlariga oilangiz bilan yoki yolgʻiz boring. Shunda shahar nima uchun bunday sevimli dam olish maskani ekanligiga oʻzingiz shohid boʻlasiz. Antaliyaning dam olish maskanlarining koʻk bayroqli plyajlari va musaffo suvlarida ilgari hech qachon boshdan kechirmagan sokinlik va osoyishtalikni koʻrasiz.
Afsonaviy Likiya yoʻli — Fethiyedan boshlanib Antaliyagacha choʻzilgan Likiya yoʻlidagi maxsus yoʻllar Onadoʻlidagi koʻplab qadimiy sivilizatsiyalarni kuzatish, Antaliya tarixiga va boshqa tomondan esa uning hayratlanarli tabiiy goʻzalliklariga guvoh boʻlish imkonini beradi.
Qiziqarli sarguzashtlar — Agar siz izlayotgan narsa adrenalinga boy taʼtil boʻlsa, demak Antaliya siz uchun mukammal boʻlishi mumkin. Uning turli mintaqalarida paraplandan raftingga, off-road sayohatlaridan kanyon sayohatlariga qadar koʻplab faoliyatlar taʼtilingizga oʻzgacha hayajon va surur qoʻshishi mumkin.
Juftliklar uchun shohona takliflar — Antaliya juftliklarga romantik taʼtil oʻtkazish uchun muhtasham maskandir. Uning diqqatga sazovor joylarida sayohat qilish, yanada koʻproq birga vaqt oʻtkazish va koʻplab tajribalarni boʻlishish orqali bir-biringizni yaxshiroq bilishingiz mumkin. Antaliya, bundan tashqari, turmushning tashvishlaridan bir oz uzoqlashib, hayotingizni birlashtirgan inson bilan asal oyining gashtini surishingiz mumkin boʻlgan bebaho imkoniyatlarni taqdim etadi.
Tarixiy va madaniy boylik — qadimiy shaharlar koʻchalarida va asrlar guvohi boʻlgan binolar soyasida sayr qilishni xohlasangiz Antaliyani tanlashingiz mumkin. Chunki bu shahar oʻzining boy madaniyati va qadimiy sivilizatsiyalarga mezbonlik qilgan chuqur tarixi bilan tarixga sayohat qilishni xohlovchilarning maftun qiladigan koʻplab variantlarni taklif etadi.
Qulay va shinam mehmonxonalar — tarixiy, madaniy va tabiiy goʻzalliklarga ega boʻlgan Antaliyani jozibali dam olish maskaniga aylantirgan yana bir xususiyat barcha imkoniyatlarni qamrab olgan mehmonxona va turli ehtiyoj va talablarga javob beradigan shohona turar joylardir. Oʻta charchoqli kundan keyin istaganingizcha dam olishingiz mumkin boʻlgan ushbu mehmonxonalar har yili Antaliyaga millionlab sayyohlarni jalb qiladi.
Tabiiy goʻzalliklar — Antaliyada unutilmas dam olishni taʼminlaydigan yana bir omil — bu koʻplab tabiiy moʻjizalarni koʻrish imkoniyatidir. Noyob plyajlar, sharsharalar, oʻrmonlar va platolar uning tabiiy goʻzalliklaridan ayrimlari, xolos. Bundan tashqari, bu shaharda suv ostida kashf qilinadigan moʻjizalar ham bor.
Apelsin va apelsin mahsulotlari — agar siz apelsinlarni yaxshi koʻrsangiz, demak Turkiyadagi apelsinning toʻrtdan biridan koʻprogʻini yetishtiradigan Antaliya kurortlariga tashrif buyurish uchun yana bir sababingiz bor. Antaliyaning Finike tumanida yetishtirilgan apelsin dunyoda yetishtirilgan eng mazali apelsinlardan biri hisoblanadi. Ushbu sitrus «jannati» dan koʻplab apelsin va apelsin mahsulotlarini uyga olib ketish uchun oʻzingiz bilan qoʻshimcha sumka olib kelish foydali boʻladi.
Oilalar uchun munosib dam olish imkoniyatlari — farzandlaringiz bilan qulay dam olishingiz mumkin boʻlgan, unutilmas oilaviy taʼtilga bormoqchi boʻlsangiz, Antaliyani roʻyxatingizning yuqori qismiga qoʻyishingiz mumkin. U oʻzining sayyohlik joylari va bolalar uchun qulay mehmonxona imkoniyatlari tufayli oilalar uchun eng koʻp afzal koʻrilgan shaharlardan biridir. Mehmonxonalar, shuningdek, akvaparklar, bolalar uchun dasturlarni ishlab chiqadigan muzeylar va dunyodagi eng katta tunnel akvariumiga ega shahar bolalar uchun takrorlanmas zavqni taqdim etadi.
Tanlash erkinligi — Antaliyaning jozibasi deyarli har bir taʼtil umidlarini qondira oladigan imkoniyatlarni taklif qilishdadir. Belekda Tiger Vuds kabi mashhur golfchilarning turnirlarda qatnashadigan maydonlarida golf oʻynashingiz, 200 dan ortiq nuqtalarda shoʻngʻishingiz, uning oʻziga xos tungi hayotini boshdan kechirishingiz mumkin. Oʻrta yer dengizi oshxonasining eng yaxshi taomlarini tatib koʻrishingiz mumkin boʻlgan gurme yoʻnalishlarini roʻyxatga qoʻshib, agar xohlasangiz, bularning barchasini «Turkish Airlines Holidays» taʼtil paketlari bilan bir necha kunga rejalashtirishib, bemalol dam olishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring