Turkiya Surxondaryo ziyoratgohlarini, madaniy meros obyektlarini oʻz ichiga oluvchi tur-paketlar ishlab chiqadi

10:56 07 Dekabr 2022 Madaniyat
922 0

Surxondaryo viloyatidagi qadimiy madaniy-meros obyektlari, arxitektura va arxeologik yodgorliklar dunyo hamjamiyatida katta qiziqish uygʻotib keladi. 

Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida Turkiya yetakchi ziyorat turkompaniyalaridan biri – “Uchbey turizm” vakillari va Surxondaryo viloyati hokimligi mutasaddilari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.

Muzokaralar davomida Surxondaryo viloyatidagi ziyoratgohlar, ulamolar va ularning ilmiy merosi haqida maʼlumot berildi.

“Imom Abu Iso Muhammad at Termiziy”, “Al-Hakim at-Termiziy”, “Xoʻjamayxona” majmuasi, “Soʻfi Olloyor”, “Xoʻjaipok ota” hamda “Sulton Saodat” majmualarini oʻz ichiga oluvchi ziyorat turizmi yoʻnalishi imkoniyatlari taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?