Turkiya banklari ayrim banknotalar xaridini toʻxtatdi

Turkiyaga katta miqdorda, yaʼni, 600 million dollarlik soxta 50 va 100 dollarlik kupyuralar olib kirilgani aniqlangan. Shu sabab bilan banklar valyuta ayirboshlashni toʻxtatdi. Maʼlum boʻlishicha, pul hisoblagichlari va bankomatlar soxta banknotalarni ajrata olmayapti.
Taʼkidlanishicha, bozorda 1 yarim oydan beri soxta 50 va 100 dollarlik muomalada yuribdi. Ushbu banknotalar dasturiy taʼminot yangilanmagan pul hisoblagichlaridan oʻtayotgani maʼlum boʻlgach, banklar va ayirboshlash shoxobchalari ularni sotib olishni toʻxtatdi.
Bir muddat oldin Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ham Turkiyadagi fuqarolarini soxta kupyuralar borasida ogohlantirgan edi.
TV100 telekanalida soʻzlagan pul bozorlari boʻyicha mutaxassis Islom Memish, jumladan, “texnologiya qanchalik rivojlangan boʻlsa, qalbaki pul sotuvchilarning ishi shunchalik osonlashishi, ular sunʼiy intellekt kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi hamda raqamli uskunalar sabab aldanib qolmaslikning iloji boʻlmayotgani“ni aytgan.
Bankomatlar soxta pullarni nega aniqlay olmayotganiga sunʼiy intellekt quyidagicha javob berdi:
Bankomatlarning soxta kupyuralarni aniqlash samaradorligi ular qanchalik zamonaviy boʻlishiga bogʻliq. Eski yoki texnologik jihatdan kam rivojlangan bankomatlar soxta kupyuralarni har doim aniqlay olmaydi. Shuningdek, juda ustalik bilan tayyorlangan soxta pullar baʼzida tekshiruvdan oʻtib ketishi mumkin.
Bankomat shubhali kupyurani aniqlasa, odatda uni qaytarib bermasdan ushlab qoladi va bu haqda bankka xabar yuboradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring