Turkiy investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitim ratifikatsiya qilindi
Иллюстратив фото
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–875-son, 01.11.2023-y.) bilan Turkiy investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi Bitim (Anqara, 2023-yil 16-mart) ratifikatsiya qilindi.
Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari Oʻzbekistonning Turkiy investitsiya jamgʻarmasidagi ulushini Bitimda nazarda tutilgan muddatlarda shakllantirish, shu jumladan uning boshlangʻich kapitalidagi 2 000 ta aksiyaga obuna boʻlish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish manbai ekanligi belgilandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bitimning bajarilishi uchun masʼul vakolatli organ etib, Markaziy bank Bitim boʻyicha depozitariy funksiyasini bajarishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring