Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi
Foto: Akmal Muhammadov “Xalq soʻzi”
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. 23-27-avgust kunlari Samarqand shahrida “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans poydevori” xalqaro kongress doirasida “Yangi Renessans: Merosni saqlashda kino va medianing oʻrni” TURKSOY xalqaro forumi oʻtkazildi.
Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir doirasida “Kino — meros himoyachisi: madaniy loyihalar va tashabbuslar taqdimoti”, “Global media hamkorlik: Merosni asrash boʻyicha madaniyatlararo loyihalar” kabi tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Ushbu dasturlar doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi multimedia bloki uchun tayyorlangan videoroliklar turkumi taqdimoti “Baqtriya tarixi”, bundan tashqari, “Oʻzbekiston arxeologik marvaridlari”, “Klavixo”, “Xudoybergan Devonov va Nemis Mennonitlari”, “Muxtor Avezov” loyihalari taqdimoti oʻtkazildi.
Forum soʻngida Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platforma yaratish toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring