Turizm yangi ish o‘rinlarni yaratishda muhim o‘rin tutadi

Foto: «Xalq so‘zi»
Aholining doimiy daromad manbalarini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. Turizm esa bu borada muhim manba hisoblanadi.
Birgina o‘tgan yilning o‘zida Samarqand viloyatida turizm sohasiga oid loyihalarni amalga oshirish hisobiga 23 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
O‘zbekistonning asosiy tashrif qog‘ozlaridan biri xalq amaliy san’atidir. Hunarmandlarimizning betakror mahsulotlari ham xorijlik sayyohlarni, ham milliy uslubdagi kiyim-kechak va zargarlik buyumlariga e’tibor qaratayotganlarni doimiy ravishda o‘ziga jalb etib keladi.
Xalqaro tajribalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, qishloq turizmini rivojlantirish mahalliy aholi uchun oilaviy mehmon uylarini tashkil etish, umumiy ovqatlanish va mahalliy hunarmandlar tomonidan tayyorlangan suvenirlarni sotish orqali qo‘shimcha daromad manbalarining paydo bo‘lishiga xizmat qiladi.
Biroq, turizm biznesini tashkil etish, ayniqsa, bu borada hali tajribaga ega bo‘lmaganlar uchun turizm xizmatlari va turistik mahsulotlarni ko‘rsatish bo‘yicha maxsus bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi.
Shu bois ham Samarqand viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan qishloq xotin-qizlari uchun o‘z hunarini asosiy daromad manbaiga aylantirgan tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xunarmandlarning ustaxonalarida va viloyat “Xunarmand” uyushmasida mahorat darslari tashkil etilmoqda.
Misol uchun Payariq tumani “Choshtepa” qishlog‘ining xotin-qizlari uchun Urgut tumanidagi xunarmandlarning ustaxonalarida xuddi shunday mahorat darslari o‘tkazildi.
Natijada “Choshtepa” qishlog‘ida yashovchi va xalq hunarmandchiligi bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning endilikda qishlog‘ida o‘z mehnati mahsulotlarini sotish, kichik biznesni yo‘lga qo‘yish, boshqa xotin-qizlarni ham ish bilan ta’minlashga bo‘lgan qiziqishi ortdi.
Oqdaryo tumanidagi “Kumushkent” mahalla fuqarolar yig‘inida esa sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z kichik biznesini tashkil etishga qaror qilgan xotin-qizlarning tashabbusi ham viloyat Turizm va madaniy meros boshqarmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
- Tadbirkorligimizni endi boshlayapmiz, - deydi ushbu mahallada yashovchi Nigina Hamroqulova. - Bir necha xotin-qizlar maslahatlashib, sigirlarimiz beradigan sutni emas, chiroyli qadoqlangan tayyor mahsulotlarni sotish biz uchun foydaliroq, degan qarorga keldik. Mahsulotlarimiz hajmi hali kichik bo‘lgani uchun uni shahardagi do‘konlarga yetkazib berish qiyinroq bo‘ldi. Shunda viloyat Turizm va madaniy meros boshqarmasi bizlarni qo‘llab-quvvatladi va ko‘zacha qatiqlarimizni sotishga yordam berib kelmoqda.
Shaxsiy biznes, pul ishlashdan tashqari, ayollarga o‘z ishlarini va vaqtlarini rejalashtirish imkoniyatini bermoqda.
Abdulaziz Yo‘ldoshev, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring