Turizm va taʼlim sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun xalqaro ekspertlar tavsiyalar berdi

Rahmatjon BOBOJONOV/“Xalq soʻzi”. Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro “Ziyo Forum” fondi Oʻzbekiston yoshlari uchun keng imkoniyatlar yaratish, yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishda davom etmoqda.
Xususan, bugun “Ziyo Forum” fondi tashabbusi bilan turizm sohasi rivojiga bagʻishlangan muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) delegatsiyasining masʼul vakillari ishtirok etib, soha istiqbollari va hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuvda Turizm qoʻmitasi vakillari, poytaxtimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Tadbir davomida bir qator qatnashchilar, xususan, Butunjahon Turizm tashkiloti Bosh kotibining taʼlim masalalari boʻyicha maslahatchisi Manana Ugulava hamda “Hilton Garden Inn Riverview” mehmonxonasining boshqaruvchisi, mehmonxona biznesida 15-yildan ortiq xalqaro tajribaga ega mutaxassis Karoy Lakatos soʻzga chiqib, turizm sohasi rivoji, taʼlim va mehmonxona biznesining dolzarb masalalari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, xalqaro turizm standartlarini shakllantirish, mehmonxona boshqaruvi boʻyicha ilgʻor tajribalarni oʻquv jarayonlariga tatbiq etish va turizm sohasida muvaffaqiyatga erishish yoʻllari haqida ham soʻz yuritildi.
Uchrashuv davomida xalqaro ekspertlar ishtirokchilar savollariga javob berdi, mehmonxona boshqaruvi va turizm sohasining bugungi rivojlanish tendensiyalari boʻyicha qimmatli tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi. Mazkur uchrashuv turizm va mehmonxona biznesiga qiziquvchi yoshlar uchun foydali boʻlib, ularning sohaga boʻlgan qiziqishini yanada oshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring