Tuproq namligini o‘lchaydigan qurilma yaratildi

00:23 23 Aprel 2025 Jamiyat
259 0

Yurtimizda bo‘lib o‘tayotgan “Kelajak muhandislari” festivalida Elyorbek Sunnatov taqdim etgan qurilma dehqonlar uchun chinakam yengillik yaratadi.

Mazkur ishlanma orqali endilikda tuproq namligini, tuz va mineral miqdorini o‘lchash, suv berishni avtomatik boshqarish — barchasi bir qurilma yordamida bajariladi.

Xo‘sh, qurilma qanday ishlaydi?

E. Sunnatovning aytishicha, bu uskuna tuproqdagi namlikni o‘lchaydi. Qolaversa, ildizgacha suv yetganda avtomatik suvni o‘chira oladi. Bundan tashqari, tuz va minerallar miqdorini aniqlaydi. Sug‘orishni o‘zi boshqaradi. Uni faqat yerga sanchish kifoya!

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday qurilmaning Germaniyadagi narxi 550 dollarni tashkil etadi. Bizda esa bor-yo‘g‘i 80 dollar.

E’tiborlisi, Elyorbek allaqachon 1000 ta buyurtma olib ulgurdi. Bunday innovatsiyalar bilan kelajak bizniki, albatta.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер