“Tuman shifoxonasi” badiiy filmini ovozlashtirish jarayonlari boshlandi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Olov-nur media” studiyasi tomonidan suratga olinayotgan “Tuman shifoxonasi” badiiy filmini tasvirga olish va montaj ishlari yakunlanib, ovozlashtirish jarayonlari boshlanishi arafasida.
“Tuman shifoxonasi” filmida bir viloyatning chekka tumanidagi shifoxona va shifokorlar hayoti haqida hikoya qilinadi. Qahramonlar hayoti koʻplab koʻngilsizliklar, muammolar ichida kechadi. Olovdan kuyganlar, ochiq suyak sinishlari, turli jarrohlik operatsiyalari, nomaʼlum kasalliklar, kutilmagan oʻlimlar va hokazo. Voqea-hodisalar doktor Abdullayev, yosh jarroh Vohidov, doktor Alimov kabi qahramonlar atrofida sodir boʻladi.
Ssenariy muallifi Nurillo Abbosxon, postanovkachi rejissyor Abduvohid Gʻaniyev, postanovkachi operator Muzaffar Yusupov, pastanovkachi rassom Muhammadali Rahimov, kartina direktori Olovuddin Xoʻjamberdiyev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring