Tugʻuruq oʻrinlari soni 4 321 taga oshiriladi

14:07 08 Sentyabr 2023 Hujjatlar
711 0

Архив сурат

“Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–296-son, 08.09.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2023-yil 1-oktyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning 14 hududiy filiali tashkil etiladi.

Birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida “tibbiyot brigadalari”:

— oʻzlariga biriktirilgan hududlarda homilador ayollarni aniqlaydi, ularni hisobga olish va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishini tashkil etadi;

— homilador ayollar holatini doimiy monitoring qilib boradi;

— tugʻuruqdan keyingi davrda ona va bolaning davriy patronajini olib boradi;

Markazning hududiy filiallari:

— xavf omillari aniqlangan ayollarni tibbiy tekshiruvdan oʻtkazadi, ularni davolaydi;

— irsiy kasalliklar aniqlangan bolalarni maxsus dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaydi;

Respublika perinatal markazi:

— erta tugʻuruq xavfi boʻlgan homiladorlarga, shuningdek, muddati yetmasdan (22-28 haftalik) tugʻilgan chaqaloqlarga barcha turdagi tibbiy xizmatlar koʻrsatadi;

Markaz:

— homilador ayollar va yangi tugʻilgan bolalar skriningi boʻyicha ixtisoslashtirilgan hamda yuqori texnologik diagnostika va davolash amaliyotlarini joriy etadi;

— akusherlik-ginekologiya, tibbiy-genetik maslahat, sogʻlom oilani rejalashtirish, molekulyar-genetik tekshiruv, plastik va estetik ginekologiya, yordamchi reproduktiv texnologiyalar xizmatlarini tashkil etadi.

2023-yil 1-oktyabrdan birlamchi tibbiyot-sanitariya yordami muassasalarida mutaxassislarni joriy etilayotgan yangi tizim boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.

2024-yil 1-oktyabrdan har yili 100 tagacha imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga yordamchi reproduktiv texnologiyalar usullari muvaffaqiyatli qoʻllanganda ushbu amaliyotni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar qoplab beriladi.

Qaror bilan shuningdek, Onalar va bolalar hamda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturga koʻra, homilador ayollar uy varaqasini raqamlashtirish va amaliyotga joriy etish nazarda tutilgan.

2023–2027-yillarda tugʻuruq oʻrinlari soni jami 4 321 taga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?