Travmatologiya markazida navigatsiya texnologiyasi yordamida endoprotezlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi

Shu yil 26-27-may kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston — Germaniya xalqaro sogʻliqni saqlash forumida nemis kompaniyalari va tibbiyot muassasalari bilan umumiy qiymati 100 million AQSH dollaridan ortiq 70 dan ziyod kelishuv hamda memorandumlar imzolangani haqida xabar bergandik.
Ushbu istiqbolli hamkorlik, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida qoʻllanilayotgan innovatsion amaliyotlar soni ortishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Gap shundaki, yil oxirigacha mazkur markazda kompyuter navigatsiyasi yordamida yirik boʻgʻimlarni endoprotezlash va robotlashtirilgan jarrohlik texnikasini joriy etish rejalashtirilgan. Ayni maqsadda tibbiy robot uskunalari ishlab chiqaruvchi qator kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilyapti.
Samarqandda oʻtkazilgan xalqaro forum bu vazifa ijrosini jadallashtirish imkonini berdi.
Anjuman doirasida dastavval Germaniyaning Minden shahrida joylashgan Boxum universiteti qoshidagi Yoxannes Vesling klinikasi yetakchi mutaxassislari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurib, oʻz ilgʻor tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
Xususan, klinika professorlari Yoxannes Sayxen, Evald Xyoring va Xarald Kistmaxer ishtirokida tizza boʻgʻimini unikondulyar endoprotezlash, chanoq-son boʻgʻimini kalta oyoqchali endoprotezlar bilan hamda navigatsiya texnologiyasi yordamida endoprotezlash mavzulariga bagʻishlangan “workshop” oʻtkazildi.
Oʻz navbatida, nemis klinikasida muvaffaqiyatli qoʻllanilayotgan ana shu yuqori texnologik operatsiya usullarini oʻrganish va tatbiq etish istiqbollari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston — Germaniya tibbiyot forumi davomida bu masala keng formatda koʻrib chiqilib, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Yoxannes Vesling klinikasining travmatologiya, ortopediya va endoprotezlash markazi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu kelishuv oʻzaro tajriba almashish, malaka oshirish kurslari va mahorat darslari orqali mutaxassislar tayyorlash, tadqiqot hamda maslahatlashuvlar oʻtkazish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring