Transport vositalarini piyodalar yoʻlaklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi

Endilikda transport vositalarini piyodalar yoʻlaklaridan yurgizganlik uchun javobgarlik belgilandi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Maʼlum qilinishicha, qonunga muvofiq, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yoʻlkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi, yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatiga toʻsqinlik qiluvchi noqonuniy toʻsiqlar va boshqa qurilmalar oʻrnatilganligi, shuningdek yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno) BHMning 1 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin 1-yil davomida takror sodir etish BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring