Transparency International Oʻzbekistonga korrupsiyaga qarshi kurashishda yordam beradi
Illyustrativ foto
Transparency International xalqaro tashkiloti Oʻzbekistonga korrupsiyaga qarshi kurashishda yordam beradi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” koʻrsatuvida maʼlum qilindi.
Ushbu tashkilotning mintaqaviy menejeri Svetli Saviskayaning aytishicha, Transparency International korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish sohasida koʻmak berishga tayyor.
“Toshkentda aprel oyi oxirida Transparency International ekspertlarini jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar va zamonaviy amaliyotni Oʻzbekistonda joriy etish masalalariga bagʻishlangan hamkorlikdagi tadbir oʻtkazishga kelishib olindi”, deyiladi xabarda.
Ayni paytda Oʻzbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish reytingida 180 ta davlat ichida 158-oʻrinni egallab turibdi. Mazkur roʻyxat esa aynan Transparency International tomonidan tuziladi. Solishtirish uchun, mamlakat 2017 yilda 180 ta davlat ichida 157, 2016 yilda 176 ta davlat ichida 156-oʻrindan joy olgandi.
Bundan oldin BMT Oʻzbekistonga korrupsiyaga qarshi kurashish uchun 8 million AQSH dollari yoʻnaltirishi haqida xabar berilgan edi.
Maʼlumot uchun, Transparency International butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiya darajasini tadqiq etish boʻyicha nohukumat xalqaro tashkilotdir. Ushbu xalqaro harakatga 1993 yilda Jahon bankining sobiq direktori Peter Aygen tomonidan asos solingan.
Ayni paytda uning dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida boʻlinmalari mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring