Trampning bosimi Daniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishiga sabab boʻldi

15:58 28 Yanvar 2025 Dunyo
332 0

Kopengagen mudofaa xarajatlarini oshirib, ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Daniya Arktika va Shimoliy Atlantika mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish rejalarini oshkor qilgan.

Mamlakat dushanba kuni xavfsizlik uchun qoʻshimcha 2 milliard AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratishni eʼlon qildi. Bu islohot Yevropa davlati AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni topshirish talabiga qarshilik koʻrsatayotgan bir paytda eʼlon qilindi.

“Yevropa jiddiy vaziyatga duch kelmoqda. Qitʼadagi urush va geosiyosiy qarashlar oʻzgarib boryapti. Bunday damlarda birdamlik juda muhim. Daniya kuchli ittifoqchilarga ega kichik davlat. Shuningdek, kuchli Yevropa hamjamiyatining bir qismi boʻlib, duch kelgan muammolarni birgalikda yengamiz”, — dedi mamlakat yetakchisi.

Arktikadagi muzliklarning erishi muhim mineral resurslarga ega boʻlgan Grenlandiyaga yangi yuk tashish yoʻllarini ochib, hududning strategik ahamiyatini yanada oshirdi va qimmatbaho orolga aylantirdi.

Shu oy boshida buyon Tramp Grenlandiya AQSH xavfsizligi uchun juda muhimligini va Daniya nazoratdan voz kechishi kerakligini aytgandi.

AQSH harbiylari Grenlandiyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi Pituffik kosmik bazasida doimiy mavjud boʻlib, oʻzining ballistik raketalarini ertaroq ogohlantirish tizimi uchun strategik joylashuvga ega, chunki Yevropadan Shimoliy Amerikaga eng qisqa yoʻl orol orqali oʻtadi.

Hozirgi vaqtda Daniyaning imkoniyatlariga toʻrtta eskirgan tekshiruv kemalari, “Challenger” kuzatuv samolyoti va 12 chana patrullari kiradi. Ularning barchasi Fransiyadan toʻrt baravar katta hududni kuzatish vazifasini bajaradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер