Tramp Zelenskiyga Putin bilan Ukraina hududini muhokama qilmaslikka vaʼda berdi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda hududlar masalasini muhokama qilmaydi. Bu haqda NBC telekanali oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
Telekanal maʼlumotlariga koʻra, Tramp bu haqda Yevropa Ittifoqi yetakchilari va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan onlayn konferensiya davomida bayonot bergan. Qayd etilishicha, AQSh prezidenti soʻzsiz oʻt ochishni toʻxtatishga intilish niyatida va uning fikricha, Kiyev har qanday tinchlik muzokaralarida ishtirok etishi kerak.
NBC shuningdek, bir qator Yevropa yetakchilarida Donald Tramp “Putin bilan uchrashuv natijalariga unchalik optimistik emas” degan taassurot uygʻotganini xabar qildi.
Manbaning aytishicha, bu Isroilning Gʻarbiy Sohilni qanday nazorat qilayotganiga oʻxshab ketadi. Ukraina hech qachon oʻz suverenitetidan voz kechmaydi. Lekin haqiqat shuki, u bosib olingan hudud boʻladi va bu Falastinning namunasi boʻladi.
Ushbu taklifga koʻra, Rossiya bosib olingan hududlarda harbiy va iqtisodiy nazoratni amalga oshiradi. Biroq Ukraina chegaralari de-yure oʻzgarmaydi, xuddi Falastin chegaralari Isroilning Gʻarbiy sohilda nazorati ostida boʻlishiga qaramay, oʻzgarishsiz qolishi kabi.
Bu fikrni AQSH prezidentining elchisi Stiv Uitkoff bir necha hafta avval rossiyalik hamkasblari bilan muzokaralari chogʻida aytgan.
15-avgust kuni Tramp va Putin Alyaskada muzokara oʻtkazadi. Muzokaralarning asosiy mavzusi — Ukrainadagi tinchlik. Muhokama qilinayotgan takliflar orasida hududlar almashinuvi va Kiyevning NATOga kirishdan bosh tortishi ham boʻlishi mumkin.
Bungacha AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan juma kuni Alyaskada boʻlib oʻtadigan uchrashuvida Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilmasa, Rossiya AQSH tomonidan “juda jiddiy oqibatlarga” duch kelishini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring