Tramp Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi

14:31 20 Iyul 2024 Dunyo
767 0

Illyustrativ foto

AQSHning sobiq prezidenti, boʻlajak saylovlarda Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp «Truth» ijtimoiy tarmogʻida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati haqida maʼlum qildi.

«Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatimiz juda yaxshi boʻldi. U meni Respublikachilarning milliy qurultoyi juda muvaffaqiyatli oʻtgani va Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod boʻlganim bilan tabrikladi», — deyiladi postda.

Trampning soʻzlariga koʻra, agar u saylovda gʻalaba qozonsa, «tinchlikka erishadi va urushga barham beradi».

Oʻz navbatida, Zelenskiy «X» ijtimoiy tarmogʻida Tramp bilan tinchlik kelishuvining aniq qadamlarini muhokama qilish uchun boʻlajak shaxsiy uchrashuvga kelishib olganini yozdi.

Kuni kecha Respublikachilar partiyasining qurultoyida nutq soʻzlagan Tramp Oq uyga qaytib kelgach, uning soʻzlariga koʻra, Jo Baydenning hozirgi maʼmuriyati tomonidan yaratilgan dunyodagi barcha xalqaro shu jumladan, Ukrainadagi ham mojaroga chek qoʻyishiga vaʼda berdi.

Shu yilning 27-iyun kuni Tramp Jo Bayden bilan boʻlib oʻtgan saylovoldi teledebatida sobiq prezident bu mojaroga uning ehtimoliy qayta saylanishi va prezidentlik qasamyodini qabul qilishidan oldin ham yechim topishini taʼkidlagandi. Shu bilan birga, u agar Moskva AQSH prezidentini hurmat qilganida Ukraina inqirozi hech qachon roʻy bermasligini qayd etgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер