Tramp yana bir marta Ukrainadagi mojaroni tezda hal qilishini aytdi
Foto: Reuters
Bir kun avval Ayova shtatida prezidentlikka nomzod boʻlish uchun kurashda oʻzining birinchi ishonchli gʻalabasini qoʻlga kiritgan AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaxshi til topishishini va prezident etib saylansa, Ukrainadagi mojaroni tezda hal etishini yana bir bor taʼkidladi.
Bungacha Tramp agar u qayta saylansa, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaroni atigi 24 soat ichida hal etish niyatida ekanini bir necha bor taʼkidlagan edi.
“Biz Putin bilan yaxshi munosabatdamiz, bu yomon emas, bu яхши... Men Putinni juda yaxshi bilaman, men Zelenskiyni juda yaxshi bilaman. Biz ularni muloqotga chorlaymiz. Biz buni (mojaro – tahr.) tez hal qilamiz. Bu sodir boʻlmasligi kerak edi va boʻlmasligi ham mumkin edi, lekin hozir bu odamlar oʻylagandan ham kengroq miqyosda sodir бўлди... Biz buni toʻxtatamiz, chunki bu achinarli, bu boshlanmasligi kerak edi”, deydi Tramp.
Ovoz berish yakuni Tramp shtatda deyarli mutlaq ustunligini koʻrsatdi. U 99 okrugdan 98 tasida gʻalaba qozondi.
Ayova partiya nomzodlarini aniqlash uchun tadbirlar oʻtkazgan birinchi shtat бўлди.
Шtat Respublikachilar partiyasi veb-saytida eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Tramp 51 foiz ovoz oldi. Ikkinchi oʻrinni Florida gubernatori Ron Desantis 21,2 foiz ovoz bilan band etdi. Kuchli uchlikni esa AQSHning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli (19,1 foiz) yakunladi. Toʻrtinchi oʻrinni 7,7 foiz saylovchilar qoʻllab-quvvatlagan tadbirkor Vivek Ramasvami egalladi. Qolgan nomzodlar esa 1 foizdan kam ovoz oldi.
Tramp, Desantis va Xeyli Respublikachilar partiyasidan nomzodlik uchun kurashmoqda.
Ishbilarmon Ramasvami, AQSHning sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens, Shimoliy Dakota gubernatori Dug Burgum, Arkanzasning sobiq gubernatori Asa Xatchinson, Janubiy Karolina senatori Tim Skott va Nyu-Jersi sobiq gubernatori Kris Kristi allaqachon poygadan chiqqan.
Amerikaning amaldagi rahbari Jo Bayden oʻtgan yilning aprel oyida Demokratik partiyadan qayta saylanish niyati borligini eʼlon qilgan edi.
AQSHda prezidentlik saylovlari 2024-yil 5-noyabrda boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring