Tramp tinchlikka erishish uchun Ukrainaga harbiy yordam yetkazishni tezlashtirishga chaqirildi
Foto: AP
Rossiyaning Donbassdagi joriy hujumini toʻxtatish uchun AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishi va kelajakda yetkazib berish hajmini bir necha barobar oshirishi kerak. Bu esa “jang maydonida boshi berk koʻchaga kirib ketishiga” olib kelishi kerak. Ushbu fikrlarni AQSHning Moskvadagi sobiq elchisi Maykl Makfol “Foreigh Affairs” jurnalidagi maqolasida aytib oʻtdi.
“Tinchlik kelishuviga erishish uchun Tramp birinchi navbatda [AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden] tomonidan maʼqullangan Ukrainaga harbiy yordam yetkazilishini tezlashtirishi, soʻngra Rossiyaning joriy hujumini toʻxtatish uchun koʻproq qurol-yarogʻ yetkazib berish niyatini eʼlon qilishi kerak. Donbassda shiddatli kurash olib borilmoqda va shu tariqa jang maydoni boshi berk koʻchaga kirib qoladi”, — deya taklif qilgan sobiq diplomat.
Oʻz navbatida, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Kaya Kallas AQSH yordam berishdan bosh tortgan taqdirda Ukrainaga nisbatan strategiyani oshkor qildi.
Uning taʼkidlashicha, Yevropa Ittifoqi davlatlari AQSHning ehtimoliy siyosatini hisobga olmay, Kiyevni qoʻllab-quvvatlashda davom etishi kerak.
“Agar ular [AQSH] yordamni qisqartirsa, biz Ukrainani qoʻllab-quvvatlashda davom etishimiz kerak boʻladi, chunki agar Rossiya gʻalaba qozonsa nima boʻladi, men shundan tashvishdaman”, deydi Kallas.
Kallasning soʻzlariga koʻra, Ukrainaga yordam global va Yevropa Ittifoqi xavfsizligiga “sarmoya”dir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring