Tramp TikTok bloklanishini yana kechiktirdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmogʻini mamlakat hududida taqiqlash muddatini 16-dekabrga qadar uzaytirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, shu sanagacha mahalliy rasmiylar TikTokʼni taqiqlash boʻyicha qonunda belgilangan choralarni koʻrmaydi. Qonunga koʻra, agar TikTokʼning xitoylik egasi — ByteDance kompaniyasi uni sotmasa, ilova AQSHda bloklanishi kerak.
Trampning aytishicha, bir nechta yirik kompaniyalar TikTokʼni sotib olish istagini bildirgan va Xitoy tomoni bilan kelishuvlarga erishilgan. Prezidentning soʻzlariga koʻra, 19-sentyabr kuni u Xitoy raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muzokara qilib, bitim shartlarini yakuniy tasdiqlaydi.
AQSH moliya vaziri Skott Bessent maʼlum qilishicha, kelishuvga koʻra, TikTok amerikalik biznes egaligiga oʻtadi. Shu maqsadda taxminan 50 mlrd dollarga baholangan yangi kompaniya tuzilib, u AQSH foydalanuvchilari uchun TikTok faoliyatini taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring