Tramp “taxtga” qaytgach, Ukrainaning holi nima kechadi? Ukraina masalasida ayrim fikrlar oʻrtaga chiqmoqda
AQSHning yangi prezidenti Donald Tramp Ukraina urushini tezda yakunlash uchun Vladimir Putinga qoʻngʻiroq qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Trampning sobiq maxsus vakili Kurt Volker maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Tramp Putinga urushni toʻxtatishi kerakligini aytishni xohlaydi. Bu haqda “Newsweek” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Trampning qayta saylanishi AQSHning Ukrainaga koʻrsatadigan yordamiga qanday taʼsir qilishi mavhumligicha qolmoqda. Volkerning fikricha, Putin Tramp uchun “ayyor raqib” boʻlib, u kelishuvga intilmaydi, aksincha, Ukraina ustidan toʻliq nazoratni qoʻlga kiritishni istaydi. “Tramp Putinga urushni davom ettirish unga qimmatga tushishini koʻrsatishi kerak boʻladi”, deyiladi xabarda.
Volker Trampning taklif qilishi mumkin boʻlgan usullardan biri energiya bozoriga arzon neft va gazni chiqarish orqali Putinning byudjetiga zarar yetkazish ekanini aytgan. Boshqa bir yoʻl esa, Ukrainaga Amerika qurollarini sotib olish uchun mablagʻ ajratishga imkon beradigan “lend-lease” dasturini qoʻllashdir. Volkerning aytishicha, bu dastur orqali Ukrainaga katta mablagʻ berilishi Putinni urushda gʻalaba qozona olmasligiga ishontirishi mumkin.
Maʼlum boʻlishicha, Tramp oʻz lavozimini 20-yanvarga qadar egallaydi va bu vaqtda Ukraina – Rossiya konflikti boshlanganiga deyarli 3-yil toʻladi. Ayrim ekspertlarning fikricha, Tramp Putin bilan yaqin munosabatda boʻlishga moyilligi, Kreml undan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishi mumkinligiga ishora ham boʻlishi mumkin.
Shuningdek, Trampning atrofidagi manbalar urushni toʻxtatish uchun Ukrainani NATO aʼzoligiga kirish muddatini 20-yilga kechiktirishni taklif qilmoqda. Ular, shuningdek, sharqiy hududlarda demilitarizatsiya zonasini yaratish va urush chizigʻini saqlab qolishni koʻzda tutmoqda. Shu bilan birga, AQSH Yevropa ittifoqi mamlakatlarini bu hududda xavfsizlikni taʼminlash uchun qoʻshin yuborishga chaqirishi mumkin.
Bundan tashqari, Tramp urushni Amerika uchun katta strategik masala deb hisoblamasa, Ukraina yordamdan mahrum boʻlishi ehtimoli ham mavjud. Trampning bu boradagi qarori Yevropa va Rossiya oʻrtasidagi kuchlar muvozanatiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi ham ehtimoldan yiroq emas. Hozircha birorta rasmiy siyosiy yoʻnalishni ochiqlamagan.
Avvalroq, yuridik shaxslar soni yarim milliondan oshgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring