Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi. Ammo…

Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt jurnalistlarga bergan intervyusida AQSH rahbarining harakatlari “mamlakat barqarorlik va tinchlikka erishish yoʻlini olgʻa surishga va qoʻllab-quvvatlashga” qaratilganini aytdi.
Oʻtgan oy Suriya yetakchisi Ahmad al-Shara bilan uchrashuvda Tramp mamlakatga qarshi sanksiyalar bekor qilinishini eʼlon qilgan edi. U Suriyaning yangi rasmiylarini muayyan shartlarni bajarishga chaqirdi. Ular Suriyaning qoʻshnilari, jumladan Isroil, shuningdek, AQSH bilan munosabatlarni normallashtirishni oʻz ichiga olgan.
Shu bilan birga, Tramp maʼmuriyatining yuqori martabali vakillari sanksiyalar Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadga nisbatan qoʻllanilishida davom etishini taʼkidladi.
Avvalroq, Suriya Isroilga nisbatan hududiy daʼvolardan voz kechgan edi. Mamlakat munosabatlarni normallashtirish boʻyicha muzokaralar chogʻida endi Golan tepaliklarini qaytarishni talab qilmaydi.
“The Hill” gazetasining AQSH Gʻaznachilik departamentining terrorizm va moliyaviy razvedka boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Bred Smitga tayanib yozishicha, maʼmuriyat Suriyaning harakatlari AQSH manfaatlariga zarar yetkazadi, deb hisoblasa, unga qarshi sanksiyalarni qayta qoʻllash huquqini oʻzida saqlab qoladi.
“Qoʻshma Shtatlar bizning manfaatlarimiz va xavfsizligimiz xavf ostida boʻlgan joyda hushyor boʻlib qoladi va Gʻaznachilik AQSH va xalqaro moliyaviy tizimlarni himoya qilish uchun bizning vakolatlarimizdan ikkilanmasdan foydalanadi”, — deydi Smit.
Unga koʻra, Vashington Suriya va uning yangi hukumati kelajagiga hali ham umid bogʻlagan boʻlsa-da, tinchlikka tahdidlar saqlanib qolayotganini ham aniq tushunadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring