Tramp saylovda gʻalaba qozonsa, Ukrainadagi urush tugaydi (mi)?

01:48 26 Iyun 2024 Dunyo
408 0

Donald Trampning siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchilari respublikachilar nomzodi boʻlajak prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonsa, Ukrainadagi urush poyoniga yetishini maʼlum qilishgan. Ular bu uchun maxsus reja taklif qildi, deb yozmoqda “The Guardian” nashri.

Rejaga koʻra, Ukrainaga faqat Moskva bilan tinchlik muzokaralariga kirishsagina istalgan miqdordagi qurol-yarogʻ yetkazib beriladi. Shu bilan birga, AQSH Rossiyaning muzokara qilishdan bosh tortishiga ham oʻz reaksiyasini tezda bildirib, katta miqdordagi kuchini yoʻnaltirishni koʻzda tutmoqda.

Milliy xavfsizlik kengashining isteʼfodagi general-leytenantlari Keyt Kellog va Fred Fleyts tinchlik muzokaralari chogʻida Trampning asosiy rolda boʻlishi rejada koʻrsatib oʻtilgan. Bu strategiya hozircha rasman tasdiqlanmagan boʻlsa-da, saylovchilar orasida ijobiy natija berishi mumkin.

Trampning matbuot kotibi Stiven Chungning taʼkidlashicha, faqat Tramp yoki vakolatli saylov kampaniyasi aʼzolarining rasmiy bayonotlarini haqiqat deb hisoblash lozim.

Avvalroq “The Economist” jurnali oʻtkazgan tadqiqot amerikaliklarning kimni koʻproq prezident sifatida koʻrayotganini bilishga qaratilgan soʻnggi soʻrovnoma natijalarga koʻra, 301 ovoz bilan respublikachilardan nomzod Donald Tramp AQSHning keyingi prezidenti boʻlishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Rossiyaning AQSHdagi elchisi “Vladimir Putin muzokaralarga ochiqligini taʼkidlab, faqat bu AQSHning «imperatorlik” aralashuvidan xoli boʻlishi kerak», degan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер