Tramp oʻzini Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi deb eʼlon qildi

11:54 12 Yanvar 2026 Dunyo
365 0

AQSH prezidenti Donald Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida oʻz suratining Vikipediya uslubidagi skrinshot hamda qisqacha tarjimayi holini joylashtirdi.

Tramp ushbu suratda nafaqat AQSHning 45 va 47-prezidentlari, balki 2026-yil yanvar oyidan buyon Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida ham koʻrsatib oʻtilgan.

Shuningdek, Donald Tramp Floridadan Vashingtonga yoʻl olgan “Air Force One” samolyoti bortida jurnalistlar bilan suhbatlashib, Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges bilan uchrashuv oʻtkazishga tayyor ekanini maʼlum qilgan.

“Men buni qachondir qilaman. Biz rahbariyat bilan juda yaxshi ishlayapmiz. Keyingi ishlarimiz qanday kechishini kuzatib boramiz”, — degan Oq uy rahbari.

Avvalroq Venesuela rasmiylari Delsi Rodrigesning xorijga safar qilish rejalari yoʻqligini taʼkidlagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?