Tramp Kanada va Meksikaga AQSHning yangi shtatlariga aylanishni taklif qildi

13:58 10 Dekabr 2024 Dunyo
226 0

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Meksika va Kanada mamlakatdan subsidiya olishni davom ettirishni istasa, AQSH shtatiga aylanishini taklif qilgan. Bu haqda Tramp “NBC News” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

Agar Kanada va Meksika AQSHga migrantlar va giyohvand moddalar oqimini kamaytirmasa, Tramp ushbu mamlakatlar mahsulotlariga 25 foizlik bojxona soligʻi joriy etishini aytib oʻtgan. Trampning prezident sifatidagi birinchi ish kuni, 2025-yil 20-yanvarida noqonuniy immigratsiya va giyohvand moddalar kontrabandasi bilan bogʻliq holda Kanada va Meksikadan kelayotgan barcha tovarlarga 25 foizlik bojlar joriy etish bilan tahdid qilgan.

“Biz Kanadaga yiliga 100 milliard dollardan ortiq subsidiya beryapmiz. Meksikaga esa qariyb 300 milliard dollar. Nima uchun biz bu mamlakatlarga subsidiya berishimiz kerak? Agar ularni subsidiyalamoqchi boʻlsak, ular shtatga aylansin”, — degan Tramp.

“The Wall Street Journal”ning yozishicha, bu tahdid kanadalik siyosatchilar va biznesmenlarni hayratda qoldirgan. Kanada umumiy eksportining taxminan toʻrtdan uch qismi Qoʻshma Shtatlarga toʻgʻri kelganligi sababli, Amerika bozoriga bojsiz kirishi Ottavaning iqtisodiy oʻsishi uchun juda muhim omildir.

Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum Tramp Oq uyga qaytgach, Meksika uchun 25 foizlik umumiy tarifni joriy qilsa, Meksika ham javob choralarini koʻrishini aytib oʻtgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер