Tramp Isroilni Iordan daryosining Gʻarbiy sohilini anneksiya qilishdan ogohlantirdi
AQSH prezidenti Donald Tramp “Time” jurnaliga bergan intervyusida, agar Isroil Iordan daryosining Gʻarbiy sohilini anneksiya qilishga urinsa, Qoʻshma Shtatlar bu holatga yoʻl qoʻymasligini va bu mamlakatga koʻrsatilayotgan barcha yordamni toʻliq toʻxtatishini maʼlum qildi.
— Biz arab mamlakatlaridan katta qoʻllab-quvvatlash oldik. Bunday narsa sodir boʻlmaydi, chunki men arab davlatlariga soʻz berganman. Bu sodir boʻlmaydi. Agar shunday boʻlsa, Isroil AQSHning barcha yordamisiz qoladi, — dedi Tramp, Iordan daryosining Gʻarbiy sohilini anneksiya qilish ehtimoli haqidagi savolga javoban.
Bir kun avval AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Isroilning Gʻarbiy sohilni anneksiya qilishga boʻlgan harakatlarini “ahmoqona siyosiy oʻyin” deb atagan edi.
Avvalroq Isroil parlamenti — Knesset Gʻarbiy sohil hududidagi yahudiy aholi punktlariga Isroil suverenitetini tatbiq etishni koʻzda tutuvchi ikki qonun loyihasini dastlabki oʻqishda maʼqullagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring