Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi
Arxiv foto
Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.
“Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz”, — dedi Oq uy rahbari.
Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.
Shu yilning 14-may kuni “Maan” axborot agentligi Falastinning HAMAS harakati va Isroil vositachilar ishtirokida muloqotni qayta boshlashga kelishib olgani haqida xabar berdi. Gap Yaqin Sharqdagi mojaro tomonlari oʻrtasida bilvosita muzokaralar oʻtkazish haqida bormoqda. Bu holatda AQSH HAMAS va Isroil oʻrtasidagi asosiy vositachiga aylanadi.
Manbalarga koʻra, HAMAS va Isroilga 3 haftadan 45 kungacha boʻlgan muddatga oʻt ochishni toʻxtatish rejimini joriy etish taklif qilingan. Agar tashabbus amalga oshirilsa, HAMAS garovga olingan ikki kishini ozod qilishi kerak.
Keyinchalik Misrning “Shourouk” gazetasi Qatarda AQSH maxsus vakili Stiv Uitkoff va HAMASning yuqori martabali vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtganini yozdi. Tomonlar garovga olinganlarni ozod qilish va Isroil qoʻshinlarini Gʻazo sektoridan olib chiqish masalalarini muhokama qilgan.
Avvalroq, jurnalistlar AQSH prezidenti Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishini taklif qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring