Tramp bugun favqulodda bayonot bilan chiqadi
Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp bugun, 5-sentyabr kuni bayonot bilan chiqadi. Oq uyning aniqlik kiritishicha, Trampning nutqi Oval kabinetda mahalliy vaqt bilan soat 16:00 da boshlanadi. Biroq, uning bayonotining mavzusi nomaʼlum.
Avvalroq, Tramp AQSH Mudofaa vazirligining nomini Urush vazirligi nomiga oʻzgartirishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Agar bu amalga oshsa Pit Xegsetni “Urush vaziri” deb atash mumkin boʻladi. Bundan tashqari, farmon Xegsetni Mudofaa vazirligi nomini doimiy ravishda oʻzgartirishga imkon beruvchi qonunchilik va ijro etuvchi choralarni tayyorlashga majbur qiladi.
Shu yilning 25-avgust kuni Tramp Mudofaa vazirligining eski nomi – “Urush vazirligi”ni afzal koʻrishini aytgandi. Uning fikricha, vazirlik nomi AQSHning nafaqat oʻzini himoya qilish, balki hujumga oʻtish qobiliyatini ham aks ettirishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring