Tramp arab-amerikaliklar orasida Harrisdan ustun kelmoqda. Bunga sabab nima?
Foto: AFP
Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentligi uchun poyga soʻnggi pallaga kirar ekan, Donald Tramp arab-amerikaliklar orasida Kamala Harrisdan ustun kelmoqda. Yangi soʻrov shuni koʻrsatyaptiki, Gʻazodagi urush katta taʼsirga ega boʻlgan saylovchilar orasida demokratlarning qoʻllovsiz qolishiga sabab boʻlmoqda.
Dushanba kuni eʼlon qilingan “Arab News” soʻroviga koʻra, saylovchilar AQSHning navbatdagi prezidentini tanlashiga ikki hafta qolganda Tramp asosiy demografik koʻrsatkichlar orasida 45 foiz qoʻllovga erishgan boʻlsa, Harrisga 43 foizi saylovchilar ishonmoqda.
Soʻrov natijalariga qaralsa, respublikachilar partiyasidan nomzodning Isroil — Falastin mojarosini muvaffaqiyatli hal etish ehtimoli koʻproq. Bu jihatdan u demokrat raqibidan 39 ga 33 foiz farq bilan ustunlik qilmoqda.
Qaysi masalalar arab-amerikalik hamjamiyatni eng katta tashvishga solayotgani haqidagi savolga respondentlarning 29 foizi Isroil — Falastin mojarosini tanlagan, 21 foizi iqtisodiyot va yashash narxini tanlagan boʻlsalar 13 foizi irqchilik va kamsitishni aytishgan.
Soʻrov natijalariga koʻra, Tramp ustunligiga qaramay u demokrat raqibiga qaraganda Isroilning hozirgi hukumatini olti ball farq bilan koʻproq qoʻllab-quvvatlaydi.
Umuman olganda soʻrov demokratlarga prezident Jo Baydenning Isroilning Gʻazodagi urushini qoʻllab-quvvatlashi vitse-prezidentining noyabrdagi saylovga boʻlgan umidlarini xavf ostiga qoʻyishi mumkinligi haqida soʻnggi ogohlantirish boʻlishi mumkin.
Shu oy boshida Arab Amerika instituti tomonidan eʼlon qilingan soʻrovda Tramp va Harris mos ravishda 42 foizdan 41 foizga deyarli tenglashgan edi. Koʻrsatgichlarda Harrisni arab-amerikaliklarning qoʻllab-quvvatlash darajasi Baydenning 2020-yildagi natijasidan 18 pogʻona past edi.
Arab-amerikalik saylovchilar ovoz berish natijalarini hal qilishi kutilayotgan yetti shtatdan biri boʻlgan Michigandagi yuqori konsentratsiyasi tufayli Harrisning saylov istiqbollari uchun muhim deb hisoblanadi.
Sentyabr oyida AQSHning umummusulmon hukumatiga ega birinchi shahri Michigan Hamtramk meri Trampni maʼqullab, “toʻgʻri tanlov” deb taʼriflagan.
Bayden 2020-yilda Michiganni 150 mingga yaqin ovoz bilan gʻalaba qozongan boʻlsa, 2016-yilda Tramp shtatda atigi 11 ming saylovchiga ega boʻldi.
“Agar Kamala hokimiyatga kelib, toʻrt yil oʻtsa Yaqin Sharq keyingi qirq yilni alangalar ichida oʻtkazadi va sizning bolalaringiz urushga, hatto uchinchi jahon urushiga ham ketadi, bu prezident Donald Tramp bilan hech qachon sodir boʻlmaydi”, — deb yozgan Tramp oʻzining Truth Social platformasida.
Tramp Musulmonlar bilan muloqot qilishiga qaramay, oʻzini tarixdagi eng isroilparast AQSH yetakchisi sifatida koʻrsatgan va agar u qayta saylanmasa, Isroil yoʻq boʻlib ketishini daʼvo qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring