Tramp AQSHda “Coca-Cola” tarkibini oʻzgartirish tashabbusini eʼlon qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda mashhur “Coca-Cola” ichimligining tarkibini oʻzgartirishga rozi boʻlganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, kompaniya AQSHdagi mahsulotlarida hozirda ishlatilayotgan makkajoʻxori siropi oʻrniga shakarqamishdan olingan saxarozadan foydalanishga oʻtadi. Bu qarorni Tramp jamoatchilikka ijobiy yangilik sifatida eʼlon qilib, bunday oʻzgarish nafaqat taʼm jihatidan, balki sogʻliq uchun ham foydali boʻlishini taʼkidladi.
“Coca-Cola” kompaniyasi bu borada rasmiy tasdiq bermagan boʻlsa-da, prezidentning brendga boʻlgan qiziqishini yuqori baholadi va yaqin kunlarda yangi mahsulotlar haqida kengroq maʼlumot berilishini bildirdi. Kompaniya rahbari Jeyms Kvinsi esa bu yil aprel oyidagi chiqishida kompaniyaning ichimliklardagi shakar miqdorini qisqartirishga yoʻnaltirilgan strategik harakatlari davom etayotganini bildirgan edi.
Shu bilan birga, qamish shakariga oʻtish qarori mamlakatdagi makkajoʻxori ishlab chiqaruvchilari orasida noroziliklarga sabab boʻlishi mumkin. Makkajoʻxori qayta ishlash sanoati vakillari bu oʻzgarish minglab ish oʻrinlarining qisqarishi, fermerlar daromadining kamayishi va chetdan import qilinadigan shakar hajmining oshishiga olib kelishi mumkinligini bildirmoqda. Makkajoʻxori qayta ishlash assotsiatsiyasi rahbari Jon Boud bu oʻzgarish AQSH oziq-ovqat sanoatida salbiy oqibatlarga sabab boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.
Sogʻliqni saqlash vaziri Robert Kennedi ham prezident tashabbusini qoʻllab-quvvatladi. Uning fikricha, makkajoʻxori siropi bilan tayyorlangan ichimliklar inson salomatligi uchun xavfli boʻlib, tabiiy qamish shakariga oʻtish bu muammoning yechimidir. Shu tariqa, “Coca-Cola” tarkibidagi oʻzgarish nafaqat bozor strategiyasini, balki salomatlik siyosatiga taʼsir qiluvchi omil sifatida ham qaralmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring