Tramp: 12 kunlik urush yakunlandi
AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron oʻrtasidagi 12 kunlik urush yakunlanganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, sulh seshanba kuni kechqurun kuchga kirgan. Kelishuvga avval Eron, soʻng Isroil amal qilishi kerak boʻlgan.
Tramp taʼkidlashicha, har ikki davlat deyarli bir vaqtda unga tinchlik oʻrnatish yuzasidan murojaat qilgan. OAV maʼlumotlariga koʻra, muzokaralarda Qatar ham ishtirok etgan va AQSHning tashabbusini Eronga yetkazgan. Bu Eronning Qatarda joylashgan Amerika harbiy bazasiga qilgan zarbasidan keyin sodir boʻlgan.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ijtimoiy tarmoqda Eron mahalliy vaqt bilan soat 04:00 da hujumlarni toʻxtatganini yozdi. Unga qadar Eron Isroilga raketali hujum uyushtirgan edi.
Isroil shifokorlarining maʼlumotlariga koʻra, ushbu zarbalar oqibatida toʻrt kishi halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring