Tojikistonning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Bugun, 18-noyabr kuni Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatida kadrlar oʻzgarishlarini amalga oshirdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident farmoniga koʻra, 2021-yilning may oyidan buyon Tojikistonning Oʻzbekistondagi elchisi sifatida ishlab kelgan Abdujabbor Rahmonzoda egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Ushbu lavozimga bungacha Tojikiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan Nasriddin Ismatullo tayinlangan.
Shu bilan bir qatorda, Hukumat qarorlariga binoan, Nasriddin Ismatullo TIV rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod qilingan. Uning oʻrnini esa Farrux Hamralizoda egallagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring