Tojikistondan keltirilgan jami 32 kg narkotik modda ashyoviy dalil sifatida olindi
Fargʻona viloyatida Tojikistondan keltirilgan jami 32 kilogramm narkotik modda ushlab qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Tojikistondan kontrabanda qilingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shugʻullanuvchi fuqaroning Qoʻqon shahridagi yashash xonadoni koʻzdan kechirilgan.
Natijada xonadon oshxonasida 4 kilogramm 572 gramm “opiy” hamda 1 kilogramm 58 gramm “gashish” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, unga tojikistonlik narkosavdogarlar WhatsApp messenjeridan yuborgan geolokatsiya orqali muqaddam Dangʻara tumani hududiga yashirib ketilgan 9 kilogramm 980 gramm “opiy” moddasi olingan.
Bundan tashqari, unga giyohvandlik vositalarini qayta ishlab, isteʼmolga tayyor holatga keltirish uchun yordam bergan, Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi shaxs oʻzining yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlanib, undan ham 7 kilogramm 226 gramm “opiy” moddasi olingan.
Boshqa holatda esa Qoʻqon shahri hududida harakatlanayotgan mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, unda muqaddam 34 ming AQSh dollariga sotib olingan 5 kilogramm 22 gramm “opiy” moddasi borligi maʼlum boʻlgan.
Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, unga narkotik moddani sotgan hamshahari va uning jinoiy sherigi boʻlgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi qoʻlga olingan.
Shuningdek, tojikistonlik fuqaroning Oʻzbekiston tumanidagi xonadonidan ham 2 kilogramm 362 gramm “opiy” moddasi olingan.
Qoʻqon shahrida qayd etilgan yana bir holatda “Nexia” rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan va unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan fuqaroga tegishli sumka ichida 982 gramm “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻlgan.
Aniqlanishicha, u giyohvandlik vositasini muqaddam tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan Qoʻqon shahri hududiga yashirib ketilgan xufiya joydan olgan.
Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa bir shaxs Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 989 gramm “gashish” moddasini xaridorga 150 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 246- (kontrabanda) va 273-moddalari (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring