Tojikistonda Oʻzbek kinosi kunlari boshlandi
Oʻzbekiston kinematografiya agentligi tashabbusi bilan bugun Tojikistonda Oʻzbek kinosi kunlari boshlandi. Shu munosabat bilan oʻzbekistonlik kinoijodkorlardan iborat delegatsiya Tojikistonda boʻlib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Delegatsiya tarkibida Oʻzbekiston xalq artistlari Xayrulla Saʼdiyev, Tesha Moʻminov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Tohir Saidov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Jahongir Ahmedov kabi taniqli kino namoyandalari bor.
Kino kunlari doirasida tojikistonlik kino ixlosmandlari uchun “Ilhaq”, “Rangsiz tushlar”, “Xalq yuragi”, “Hamkorlik boʻyicha navbatchi”, shuningdek, oʻzbek kinosi nodir durdonalariga aylangan “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Sirli sandiq” singari filmlar namoyishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring