Tojikistonda kon portladi. Qurbonlar bor

19:31 06 Noyabr 2025 Dunyo
934 0

Tojikistonning Sugʻd viloyatida joylashgan “Ayniy” koʻmir konida yuz bergan portlash oqibatida afgʻonistonlik olti ishchi halok boʻldi. Bu haqda “Tasnim News” xabar berdi.

Manbaga koʻra, portlash sodir boʻlgan paytda olti nafar ishchi kon ichida ishlayotgan boʻlgan va hodisa oqibatida barchasi halok boʻlgan. Hozirgacha qurbonlarning jasadlari vayronalar ostida qolmoqda, qutqaruv ishlari esa hali davom etmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, halok boʻlganlarning besh nafari Afgʻonistonning Daykundi viloyatidan, biri esa Gʻur viloyatining Lali Sari Jangal tumanidan boʻlgan. Tojikiston rasmiylari hozircha ishchilarning aniq shaxsini maʼlum qilmagan.

Bu soʻnggi yillardagi ilk fojia emas. Shu yilning may oyida ham Sugʻd viloyatidagi boshqa bir koʻmir konida shunga oʻxshash hodisa roʻy bergan, oʻshanda ham Daykundi viloyatidan kelgan sakkiz nafar ishchi halok boʻlgan edi.

Mahalliy manbalarning taʼkidlashicha, Tojikistonda yuzlab afgʻon fuqarolari xavfli va ogʻir sharoitda ishlamoqda. Ular mehnat xavfsizligi va huquqiy himoyadan mahrum boʻlgani sababli har yili shunday halokatli hodisalar takrorlanmoqda. Afgʻonistonda ishsizlik va iqtisodiy tanazzul kuchaygani uchun koʻplab yoshlar non topish maqsadida qoʻshni mamlakatlarga, jumladan Tojikistonga ish izlab ketmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер