Tojikistonda folbin va sehrgar xizmatidan foydalanganlarga jarima belgilanishi mumkin

11:07 20 Avgust 2025 Dunyo
146 0

Foto: Illustrativ foto

Tojikiston parlamentiga folbin va sehrgarlarning xizmatidan foydalangan fuqarolarni jarimaga tortish boʻyicha qonun loyihasi kiritildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.

Hujjatda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 482-moddasiga “sehrgarlar, folbinlar va turli “moʻjiza” koʻrsatuvchilar xizmatidan foydalanish” bandini qoʻshish taklif etilmoqda.

Loyiha qabul qilinsa, bunday xizmatdan foydalangan shaxslar 5 dan 10 tacha soliq koʻrsatkichi miqdorida — 750 somoniygacha (taxminan 1 million soʻm) jarima toʻlaydi.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yildan buyon Tojikistonda fol ochish va sehrgarlik bilan shugʻullanish qonunan taqiqlangan hamda maʼmuriy jazo belgilangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?