Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga keldi
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Shundan soʻng, Oliy martabali mehmon oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga joʻnab ketdi.
Bugun, 9-noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtadigan IHT sammitida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu koʻp tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqilishi koʻzda tutilgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtadigan IHT sammitida ishtirok etish uchun bunga qadar, Qozogʻiston Bosh vaziri Alixan Smailov, Pokiston Bosh vaziri Anvar ul-Haq Kakar, Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy poytaxtimizga yetib kelgani xabar qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring