Tojikiston birinchi, Rossiya toʻrtinchi… Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelganlar soni deyarli 86 foizga oshgan

Statistika agentligi qaysi mamlakatlardan Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelayotgani haqidagi axborotni ochiqladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyul oylarida jami 67,4 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 31,1 ming nafarga yoki 85,8 foizga oshgan.
2024-yilning yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha “TOP-8”lik quyidagicha:
1-oʻrin: Tojikiston — 51 603 nafar;
2-oʻrin: Qozogʻiston — 7 735 nafar;
3-oʻrin: Qirgʻiz Respublikasi — 6 218 nafar;
4-oʻrin: Rossiya — 1 135 nafar;
5-oʻrin: Turkmaniston — 587 nafar;
6-oʻrin: Turkiya — 24 nafar;
7-oʻrin: Afgʻoniston — 19 nafar;
8-oʻrin: Ozarbayjon — 9 nafar;
boshqa davlatlar — 61 nafar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring