Tozalik posbonlari salomatligi yurt ozodaligini saqlashda muhimdir
Fargʻona viloyatida tozalikni taʼminlash, aholi sogʻlom muhitda yashashi, hududlarni yashil va obod maskanga aylantirish, doimo toza va qulay muhit yaratish hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlash borasida keng koʻlamli saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
Ayni jarayondagi tizimli ishlar davomida Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi hamkorligida Fargʻona shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Viloyat teatr-konsert saroyida tashkil etilgan tibbiy koʻrikda xodimlar kardiolog, nevropatolog, urolog, pulmonolog, ginekolog, terapevt, endokrinolog, EKG, dermatolog singari tor doiradagi shifokorlar koʻrigidan oʻtdi.
—Biz haqimizda oʻylab, gʻamxoʻrlik koʻrsatadigan, salomatligimiz haqida qaygʻuradiganlar borligidan xursandmiz, — deydi Fargʻona shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi Shoiraxon Abdurahmonova.—Bugun kasaba uyushmalari tomonidan uyushtirilgan bepul tibbiy koʻrikda shifokorlar nazoratidan oʻtdik.

Tadbir doirasida ishchi-xodimlar bilan muloqotlar ham oʻtkazilib, kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Tibbiy koʻrik davomida davolanishga moyilligi bor shaxslar kasaba uyushmalari tomonidan sihatgohlarda imtiyozli ravishda davolanishi belgilab olindi.
Shohsulton TOʻXTAMATOV,
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining
Fargʻona viloyati Kengashi raisi maslaxatchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring