Toshkentning toʻrtta tumani chegaralari oʻzgardi
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2021-yil 23-iyul qarori bilan Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlari hududiga Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va Oʻrtachirchiq tumanlaridan 7,8 ming gektardan koʻproq yer maydonlari qoʻshib berilmoqda. Shu bilan birga, Sergeli va Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyatiga oʻtkaziladi.
Avval xabar berganimizdek:
- Sergeli tumani tarkibiga Zangiota tumanidan 1827,1 gektar;
- Bektemir tumani tarkibiga Yuqori Chirchiq tumanidan 490 gektar va Oʻrta Chirchiq tumanidan 1134,2 gektar;
- Mirzo Ulugʻbek tumani tarkibiga Qibray tumanidan 2294,6 gektar;
- Yashnobod tumani tarkibiga Qibray tumanidan 2107,4 gektar yer maydoni qoʻshiladi.
Bundan tashqari:
- Sergeli tumanidan 33,8 gektar yer maydoni Zangiota tumani;
- Bektemir tumanidan 137,5 gektar yer maydoni Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga oʻtkaziladi.
Endilikda, Toshkent shahar hokimligining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma kiritilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring